Bugun ‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sport vazirligining hay’at qarorlari va buyruqlari ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
🌎Yig‘ilishda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, ijro intizomiga rioya etilishi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati tanqidiy-tahliliy jihatdan muhokama qilindi.
Muhokamalar davomida:
➡️ijro intizomi bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi va ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi;
➡️fuqarolar va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida, qonuniy va asosli ko‘rib chiqish, ularning yechimini ta’minlash hamda sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qat’iy ko‘rsatmalar berildi;
➡️har bir rahbar va xodim o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ijro intizomiga qat’iy rioya qilishi zarurligi ta’kidlandi;
➡️topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarmagan mas’ullarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirildi.
⏩Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib, mas’ullarga aniq vazifalar va ularni bajarish muddatlari belgilab berildi.
🟢Shuningdek, topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.