🌎2026-yil 19-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sport majmuasida o‘zbek jang san’ati sport turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
👦Nufuzli sport tadbirida mamlakatimizning 12 ta hududidan 7 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Musobaqada jami 500 nafarga yaqin yosh sportchi g‘oliblik uchun bahslarga kirishdi.
🗣️Musobaqaning tantanali ochilish marosimida o‘zbek jang san’ati sport turining rivojiga munosib hissa qo‘shgan, ushbu sport turini ommalashtirish va yosh avlodni sportga jalb etishda samarali mehnat qilgan bir guruh soha faxriylarini taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.
✔️Tadbir davomida faxriylarga “O‘zbek jang san’ati sport turiga qo‘shgan buyuk xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.
📑O‘zbekiston kubogi bahslari yosh sportchilarning o‘z mahorat va iqtidorlarini namoyon etishi, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda o‘zbek jang san’ati sport turini yanada ommalashtirishga xizmat qilmoqda.