Bugun, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Koreya beysbolining afsonaviy murabbiyi, sport rahbari va beysbol sohasidagi nufuzli arbob KIM EUNG-YONG tashrif buyurdi.
✅Nufuzli mehmonni universitet rektori Rashid Matkarimov kutib oldi.
🤝Ikki tomonlama uchrashuv davomida O‘zbekistonda beysbol sport turini yanada rivojlantirish, Koreyaning bu boradagi ilg‘or tajribasini o‘rganish hamda yosh beysbolchilarni Koreyada tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
🔺Shuningdek, O‘zbekistonning iqtidorli yoshlarini Koreyadagi beysbol maktablari, universitetlar va professional klublar tizimiga jalb etish, sport ta’limi va amaliy tayyorgarlikni uyg‘unlashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
📱Uchrashuvda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Koreyadagi sport universitetlari o‘rtasida:
🟢talabalar va murabbiylar almashinuvi;
🟢 qo‘shma o‘quv-mashg‘ulotlar tashkil etish;
🟢ilmiy tadqiqotlar olib borish;
🟢 xalqaro musobaqalar tashkil etish
kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🏆Mazkur uchrashuv O‘zbekistonda beysbol sportini rivojlantirish, yosh sportchilar uchun xalqaro tayyorgarlik imkoniyatlarini kengaytirish hamda O‘zbekiston–Koreya sport hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi.