#“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!”
Kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Tibbiyot fakultetining Anatomiya va fiziologiya kafedrasida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan “O‘zbek tili – millatning ruhidir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti M.Ayxodjayeva, fakultet dekani o‘rinbosari X.Sayraxmonov, Anatomiya va fiziologiya kafedrasi o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida 1989-yil 21-oktabr sanasi el-yurtimiz asrlar davomida orzu qilib, intilib va kurashib kelgan davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi, bu esa mamlakat mustaqilligi sari qo‘yilgan dastlabki dadil qadamlardan biri bo‘lganligi, shuningdek, mazkur tarixiy hujjatga binoan o‘zbek tilining mustahkam huquqiy asosi va yuksak maqomi tiklanganligi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.