Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura(PhD), doktorantura(DSc) va mustaqil izlanuvchilikka
2023 yil uchun quyidagi ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha
QABUL EʼLON QILADI:
- 13.00.04 – “Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi boʻyicha - stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura(PhD), doktorantura(DSc) va mustaqil izlanuvchilikka;
- “08.00.13 - Menejment” ixtisosligi boʻyicha - tayanch doktorantura(PhD) va mustaqil izlanuvchilikka;
- “19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi” ixtisosligi boʻyicha tayanch doktorantura(PhD) va mustaqil izlanuvchilikka;
- “03.00.08 - Odam va hayvonlar fiziologiyasi” ixtisosligi boʻyicha tayanch doktorantura(PhD) va mustaqil izlanuvchilikka;
Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura(PhD), doktorantura(DSc) va mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun suhbat va imtihon 2022 yilning 1-25 noyabr kunlari oʻtkaziladi.
- Stajyor-tadqiqotchilikka kiruvchilar mutaxassislik boʻyicha suhbat asosida tanlab olinadi.
- Tayanch doktoranturaga kiruvchilar quyidagi fanlardan imtihon topshiradilar:
- chet tili (taʼlimning oldingi darajalarida oʻrgangan xorijiy til);
- mutaxassislik.
Stajyor-tadqiqotchilikka kiruvchi nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- magistr darajasi yoki oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʻyicha 1997 yilgacha) toʻgʻrisidagi diplomga ega boʻlishi lozim.
Tayanch doktoranturaga kiruvchi nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- magistr darajasi yoki oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʻyicha 1997 yilgacha) toʻgʻrisidagi diplomga ega boʻlishi; – falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertasiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ikkitadan kam boʻlmagan ilmiy ishlar toʻplamlariga kiritilgan maʼruza tezislariga ega boʻlishi;
Stajyor-tadqiqotchilik va tayanch doktoranturada oʻqishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- ariza;
- qisqacha biografik maʼlumotnoma;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Doktoranturada oʻqishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- ariza;
- qisqacha biografik maʼlumotnoma;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- oliy maʼlumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
- tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy maʼruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertasiyasi rejasining mufassal loyihasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari.
Doktoranturaga quyidagilarga ega boʻlganlar qabul qilinadi:
- fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar;
- fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan soʻng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertasiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy ishlar toʻplamlarida kamida ikkita tezisga ega boʻlish.
- Hujjatlar (pdf) shaklida tayyorlanib 2022 yil 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali roʻyxatdan oʻtgan holda qabul qilinadi.
Manzil: Chirchiq shahri, Sportchilar koʻchasi, 19 uy, E-bino, Ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash boʻlimi, 303 -xona.
Murojaat uchun tel: 93-515-99-05.