Bugun 27-sentabr – Xalqaro Turizm kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Sportni boshqarish va turizm fakultetining Sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi tomonidan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Unda fakultet dekani A.Tillyaxodjayev, Sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi mudiri N.Xudayberdiyeva, Mudofaa vazirligi tog‘ tayyorgarligi o‘quv-mashg‘ulot markazi katta yo‘riqchisi M.Jiyanbekov, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.
Bayram tadbiri davomida sport turizmini targ‘ib qilish hamda amaliy mashg‘ulotlar chog‘ida kerak bo‘ladigan anjomlar va qo‘llanmalar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmadagi mavjud anjomlarning vazifasi bilan bog‘liq ma’lumotlarni talabalarga Mudofaa vazirligi tog‘ tayyorgarligi o‘quv-mashg‘ulot markazi katta yo‘riqchisi M.Jiyanbekov tanishtirib bordi. Shuningdek, Yunus Rajabiy nomli O‘zbek milliy san’ati instituti talabasi, xalqaro tanlovlar g‘olibi bo‘lgan baxshi D.Gulmurodov tomonidan ijro etilgan baxshiyona termalar esa tadbirga yanada o‘zgacha joziba baxsh etdi.