Xabaringiz bor, 12-17 sentyabr kunlari universitetimiz Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston kubogiga mezbonlik qildi. Ushbu nufuzli musobaqa respublikamizning turli viloyatlaridan 130 nafarga yaqin polvonlar o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra, medallar jamgʻarishda Toshkent viloyati vakillari jami 9 ta medal (5ta oltin, 4ta kumush, 3ta bronza) bilan 1-oʻrinni egalladi. 2-oʻrinni umumiy 8 ta medal (3-4-1) bilan Samarqand sportchilari band etishgan boʻlsa, kuchli uchlikni 9 ta medal (2-5-2) bilan Xorazm viloyati sportchilari yakunlab berishdi.
Ochko hisobiga ko‘ra esa eng yaxshi erkaklar jamoasi nomiga Samarqand viloyati sazovor bo‘ldi.
Eng yaxshi ayollar jamoasi esa Xorazm viloyati qizlari.
Eng yaxshi erkak sportchi esa namanganlik Adhanjon Ergashev.
Eng yaxshi ayol sportchi esa Buxoro viloyatidan Nigora Abdullayeva.
O‘zDJTSU sportchi talabalari ham ushbu musobaqada munosib ishtirok etishdi. Musoboqa sarxisobiga ko‘ra og‘ir atletika ixtisosligi talabalarimiz erkaklar o‘rtasida bo‘lgan baxslarda 3 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medallar shodasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida bo‘lgan bahslarda 1 ta kumush, 1 ta bronza medallarini naqd qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqa joriy yilning 6-16-oktyabr kunlari Bahrayn davlatining, Manama shahri mezbonlik qiladigan Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatiga saralash vazifasini ham o‘taydi.