➡️🦺 “Bugun milliy libosda – ertangi avlodga ibrat bo‘laylik!” shiori ostida milliy liboslarimizni targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlar yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda.
🏆 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham mazkur qaror ijrosi doirasida qator tashabbuslar amalga oshirildi. Dastlabki tadbir oliygohning Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi mas’ullari hamda faol talaba-qizlar tomonidan tashkillashtirildi.
🟢 Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi jamoasi ham milliy liboslarimizni keng targ‘ib qilishda, ularni yoshlar qalbida qadrlash tuyg‘usini shakllantirishda o‘z munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.
📶Milliy liboslar – xalqimizning tarixiy xotirasi, qadriyati va iftixorini o‘zida mujassam etadi. Shu bois bunday tashabbuslar, avvalo, yoshlar uchun ibrat bo‘lib, ularni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.