#Tanlov_Kitobxonlik
“Kitobxonlik” tanlovining yakuniy natijalari!
Xabaringiz bor, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, shuningdek, ular orasida kitob mutolaasiga mehr uyg‘otish maqsadida “Kitobxonlik” tanlovi e’lon qilingan edi.
Barchani birdek qiziqishiga sabab bo‘lgan tanlov natijalarini e’tiboringizga havola etamiz!
Unga ko‘ra:
1-o‘rinni Futbol fakulteti 51-21 guruh talabasi Saidazamov Ilyos;
2-o‘rinni Tibbiyot fakulteti 51-21 guruh talabasi Mamasoliyeva Shaxnoza;
3-o‘rinni Qishki va murakkab-texnik sport turlari fakulteti 51-21 guruh talabasi Qadamovo Bonu va Tibbiyot fakulteti 60-21 guruh talabasi Shoislomova Umidalar qo‘lga kiritishdi.
G‘oliblar universitet rektori tomonidan I, II, III darajali diplom hamda kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi.
Ishtirokchilarning barchasiga Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi nomidan minnatdorchilik bildiramiz. Biz sizning kitob o‘qib, bilimlaringizni oshirishga sababchi bo‘lganimizdan xursandmiz. Kitob bu - qalblarni yorituvchi nur, tafakkurni boyituvchi xazina, kamolot cho‘qqisi va ma’naviy komillikka yetaklovchi hamrohdir!
Bizni kuzatishda davom eting!!!