Bugun universitet madaniyat saroyida kelgusi o‘quv yilida amaliyotni tashkil qilish borasida Sportni boshqarish va turizm fakultetining 2 – , 3-bosqich talabalari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda universitetning talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi U.Turakulov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor I.Ahmedov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor N.Dusanov, fakultet dekani A.Tillaxo‘jayev, Yoshlar ittifoqi yetakchisi X.Tursunov, kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar va tyuterlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida 2 –, 3 – kurs talabalarining 2022 – 2023-o‘quv yilida amaliyotni o‘tash tartibiga turli o‘zgartirishlar kiritilgani to‘g‘risida ma’lumotlar berilib, shu qatorda, ularning universitet ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya etishlari bo‘yicha bir qator asosli fikrlar bildirildi. Yakunda esa talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga kerakli javoblarni olishdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv tadbirlari Yakkakurash sport turlari, Paralimpiya va Ko‘pkurash sport turlari fakultetlarining talabalari bilan ham o‘tkazildi.