O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov xizmat safari bilan universitetning Nukus filialiga tashrif buyurdi.
Rektor xizmat safarini filialda 2026–2027-o‘quv yili uchun sport faoliyati (faoliyat turlari) yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar jarayonini ko‘zdan kechirishdan boshladi.
Tashrif davomida imtihonlarning ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillari asosida tashkil etilishi, abituriyentlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda sinovlarning belgilangan tartib asosida o‘tkazilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, universitet rektori kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etayotgan abituriyentlarning ota-onalari bilan uchrashib, ularga yaratilgan sharoitlar yuzasidan fikr almashdi. Suhbat davomida barcha abituriyentlarga omad tilab, ularning kelgusidagi ta’lim va sport faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.