2026-yil 10-iyul kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori R. Matkarimov tomonidan Chirchiq shahridagi V. Haydarov mahalla fuqarolar yig‘inida jismoniy va yuridik shaxslarning sport sohasiga oid murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning taklif va tashabbuslarini tinglash hamda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.
⚡️Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan sport to‘garaklari faoliyati, sport ta’limi, ommaviy sportni kengaytirish hamda sohaga oid boshqa masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
⏩Mazkur sayyor qabul fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta’minlash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda sport sohasidagi dolzarb masalalarga amaliy yechim topishga xizmat qilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.