Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Sport vaziri o‘rinbosari Sh.Mahmudov hamda tegishli bo‘lim boshliqlari va rektor R.Matkarimov ishtirokida qabul 2026/2027-o‘quv yili kasbiy (ijodiy) imtihonlarini sifatli tashkil etish yuzasidan mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
✔️Yig‘ilishda dastlab, Sport vaziri o‘rinbosari Sh.Mahmudov tomonidan Yurtimiz vakillarining Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari, Osiyo o‘yinlari va chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani buning natijasida hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni turli zararli odatlardan asragan holda, ularga o‘z qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun yaratilayotgan e'tibor, hususan, mamlakatimizda iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib, universitetda qabul jarayonlarini adolatli va shaffof o‘tkazish bo‘yicha gapirib o‘tdi.
✍️Shundan so‘ng universitet rektori R.Matkarimov tomonidan qabul_2026 jarayonlariga universitetda puxta tayyorgarlik ko‘rilgani, shuningdek, kasbiy (ijodiy) imtihonlarni adolatli va shaffof tarzda о‘tishi uchun amalga oshirilgan ishlar borasida to‘xtalib o‘tdi.
Hususan:
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar belgilangan 62 ta sport turidan tasdiqlangan aniq mezonlar asosida qabul qilinadi;
Ushbu jarayonning adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida tegishli sport federatsiyalari (assosiatsiyalari)dan 34 nafar tajribali mutaxassis va murabbiylar, universitetdan 149 nafar professor-o‘qituvchi hamda sport ta’lim muassasalaridan 55 nafar tajribali murabbiylar jalb etilgan;
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar jarayonida har bir abituriyentning iqtidori, jismoniy tayyorgarligi, texnik va taktik ko‘nikmalari xolis va aniq mezonlar asosida baholanishi qat’iy nazoratga olingan. Imtihon natijalari yagona ERP sport platformasi orqali real vaqt rejimida planshetlar yordamida kiritiladi va har bir abituriyentning shaxsiy natijasi avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilgan mobil telefon raqamiga SMS ko‘rinishida yuboriladi;
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2026 yil 6 iyul sanasidan boshlanib – 14 iyul sanasiga qadar universitet hamda Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Nukus shahridagi sport inshootlarida o‘tkaziladi.