💬2026-yil 27-avgust kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda “M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti” notijorat aksiyadorlik jamiyatining Chirchiq shahridagi O‘zbekiston Respublikasi filiali o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
📌Mazkur memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida do‘stlik aloqalari va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim, ilm-fan, jismoniy tarbiya va sport sohalarida yaqindan hamkorlik qilishga qaratilgan.
Memorandum doirasida tomonlar:
🟢ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega malakali mutaxassislarni tayyorlash;
🟢professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, magistrantlar va talabalar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish hamda innovatsiyalarni joriy etish;
🟢 ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish, o‘quv-uslubiy materiallar va ilmiy ishlanmalar bilan almashish;
🟢 talabalar va professor-o‘qituvchilarning akademik mobilligini rivojlantirish, o‘zaro almashinuv, stajirovka va malaka oshirish dasturlarini amalga oshirish;
🟢 qo‘shma konferensiyalar, seminarlar, forumlar, davra suhbatlari, mahorat darslari hamda ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish;
🟢 jismoniy tarbiya va sport sohasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va amaliy faoliyatni rivojlantirish, sport mutaxassislari, sportchilar va murabbiylarning malakasini oshirish;
🟢 bakalavriat, magistratura va doktorantura doirasida qo‘shma ta’lim dasturlari va loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
🟢 ilmiy-tadqiqot loyihalarini birgalikda amalga oshirish, ilmiy maqolalar, monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalar va boshqa ilmiy-uslubiy materiallarni tayyorlash va nashr etish bo‘yicha hamkorlik qiladilar.
🌐Mazkur memorandum ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-ta’lim aloqalarini yanada kengaytirish, tajriba almashish va jismoniy tarbiya hamda sport sohasida xalqaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun muhim qadamdir.