O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.
📌Memorandum doirasida:
⏩ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish;
⏩zamonaviy kriminologik tadqiqotlarni amaliyot bilan yanada uyg‘unlashtirish;
⏩ilmiy va amaliy loyihalarni amalga oshirish;
⏩sohadagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.
👦Mazkur memorandum ikki tashkilot o‘rtasidagi ilmiy-amaliy aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish va zamonaviy tadqiqotlarni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.