Bugun, 27-avgust kuni, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi vakillaridan bir guruhi “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
✅Mazkur mukofot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan qabul qilingan Farmoniga muvofiq, yurtimiz taraqqiyotiga, xalqimizning ijtimoiy-madaniy hayotiga hamda Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yurtdoshlarimizga topshirilmoqda.
📚Quvonarlisi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi vakillaridan bir guruhi ham ushbu yuksak e’tirofga munosib ko‘rildi.
☑️ Esdalik nishonlarini universitet rektori R. Matkarimov universitet jamoasi vakillariga tantanali ravishda topshirdi.
✅Mazkur yuksak mukofot — universitet jamoasining mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yosh va barkamol avlodni tarbiyalash, ularni Vatanga muhabbat, mardlik va jasorat ruhida voyaga yetkazish yo‘lidagi fidokorona mehnatiga berilgan munosib bahodir.
👏 Taqdirlangan barcha hamkasblarimizni ushbu yuksak e’tirof bilan muborakbod etamiz!
🇺🇿Yurt ravnaqi yo‘lidagi ezgu va mas’uliyatli faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!