Mazkur yig‘ilish universitet rektori, professor Rashid Matkarimov raisligida tashkil etildi. Unda prorektorlar, kafedra mudirlari, bo‘lim rahbarlari, Kengash a’zolari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
📑Yig‘ilish avvalida Kengash raisi tomonidan yubiley sanalarini nishonlayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xizmatchilar universitet jamoasi nomidan samimiy tabriklanib, ularning ko‘p yillik samarali mehnatlari e’tirof etildi. Shuningdek, kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Ilmiy-tadqiqot ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan ilmiy izlanuvchilarga esa tantanali ravishda diplomlar topshirildi.
🇺🇿Shundan so‘ng, davlatimiz rahbari — Shavkat Mirziyoyevning joriy yil mart oyidagi faoliyatiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.
✔️Yig‘ilish davomida Kengash raisi tomonidan yangi tahrirda qabul qilingan “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirib berildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sport vazirligi tomonidan qabul qilingan hujjatlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, shuningdek, mehnat va ijro intizomiga qat’iy rioya etish zarurligi alohida ta’kidlandi.
🗣Kengash yig‘ilishida 2026-yil mart oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi. Jumladan:
🟢ta’lim sifati va o‘quv-uslubiy faoliyat;
🟢ma’naviy-ma’rifiy ishlar;
🟢ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat;
🟢talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash;
🟢xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda gender tenglikni ta’minlash;
🟢korrupsiyaga qarshi kurashish;
🟢moddiy-texnik ta’minot yo‘nalishlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
📶Yig‘ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda istiqboldagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.