Mazkur yig‘ilishda prorektorlar, kafedra mudirlari, bo‘lim rahbarlari, Kengash a’zolari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
📑Yig‘ilish avvalida Kengash raisi tomonidan yubiley sanalarini nishonlayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilar universitet jamoasi nomidan samimiy tabriklanib, ularning ko‘p yillik samarali mehnatlari e’tirof etildi. Shuningdek, kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
✔️Yig‘ilish davomida Kengash raisi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sport vazirligi tomonidan qabul qilingan hujjatlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, shuningdek, mehnat va ijro intizomiga qat’iy rioya etish zarurligi ta’kidlandi.
🗣Kengash yig‘ilishida 2026-yil aprel oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi.
Jumladan:
🟢ta’lim sifati va o‘quv-uslubiy faoliyat;
🟢ma’naviy-ma’rifiy ishlar;
🟢ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat;
🟢xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda gender tenglikni ta’minlash;
🟢korrupsiyaga qarshi kurashishva boshqa kun tartibidagi masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
📶Yig‘ilish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda istiqboldagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.