✔️ O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talaba-yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularning ijodiy fikrlashi va ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” insholar tanlovining universitet bosqichiga start berildi. Tanlov haqida batafsil tanishish uchun
Tanlov ishtirokchilari buyuk alloma Mirzo Ulug‘bekning hayoti va faoliyati, uning ilm-fan rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida ixtiyoriy mavzuda insho (maqola) yozishlari mumkin.
📌 Tanlov 3 bosqichda tashkil etiladi:
• Universitet bosqichi
• Hududiy bosqich
• Respublika bosqichi
Universitet bosqichi g‘olibi hududiy bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
🏆 Respublika bosqichi g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇 1-o‘rin — 5 000 000 so‘m
🥈 2-o‘rin — 3 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 2 000 000 so‘m
⏰ Talabalar 2026-yil 9-martga qadar tanlov asosida o‘z maqolalarini quyidagi manzilga yuborishlari lozim:
📩 Yuborish manzili: http://jtsu.uz/