Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida akademik mobillik hamda amaldagi memorandum talablarini amalga oshirish doirasida universitet rektori, pedagogika fanlari doktori, professor R.Matkarimov bilan Bishkek Xalqaro innovatsion texnologiyalar universiteti Doktorantura oliy maktabi direktori, iqtisod fanlari doktori, professor A.Arzybayev hamda Markaziy Osiyo xalqaro tibbiyot universiteti prezidenti, iqtisod fanlari doktori, professor J.Arynbayev o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✔️Uchrashuv davomida mehmonlar — professor A.Arzybayev va professor J.Arynbayev oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladilar.
➡️Shuningdek, amaldagi hamkorlik shartnomasiga muvofiq o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish, birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy konferensiya va anjumanlarda o‘zaro ishtirok etish, ilmiy tadqiqotchilarga rahbarlik qilish, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dasturi doirasida doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar uchun akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish, akademik mobillik asosida talabalar va doktorantlar uchun ma’ruzalar o‘qish, ilmiy maslahatlar berish hamda xalqaro stajirovkalar tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
➡️Shu bilan birga, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda magistratura talabalari ishtirokida ilmiy seminar tashkil etildi.
➡️Uchrashuv savol-javoblar va qizg‘in munozaralar tarzida davom etdi.