🎤Kengash yig‘ilishida universitet prorektorlari, kafedra mudirlari, bo‘lim rahbarlari, Kengash a’zolari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
🇺🇿Yig‘ilish avvalida Davlatimiz rahbari — Shavkat Mirziyoyevning ortda qolayotgan fevral oyidagi jo‘shqin faoliyatini aks ettiruvchi videorolik namoyish etildi.
🌎Shundan so‘ng Kengash raisi tomonidan 24 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Ko‘ksaroy qarorgohida o‘tkazilgan yoshlar bilan muloqotda ilgari surilgan ustuvor g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyati jamoaga batafsil tushuntirib o‘tilib, ushbu uchrashuv mamlakatimizning kelajagi bo‘lgan yosh avlodni qo'llab-quvvatlash, ularning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan mutlaqo yangi bosqichni boshlab berayotgan tarixiy voqealik ekani aytib o‘tildi.
✔️Mazkur uchrashuvning mazmun-mohiyatini talabalar o‘rtasida keng va tizimli ravishda targ‘ib etish zarurligi alohida ta’kidlandi. Unda belgilab berilgan ustuvor yo‘nalish va vazifalarni yoshlar ongiga singdirish, ularni tashabbuskor etib tarbiyalash, kasb-hunarga o‘rgatish, tadbirkorlikka jalb etish, sportga qiziqtirish, ijodkorlik va ijtimoiy faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash oldimizdagi muhim vazifa ekani qayd etildi.
🤝Yig‘ilish davomida bir guruh tashabbuskor va iqtidorli talabalar hamda universitetda uzoq yillar davomida fidoiylik bilan samarali faoliyat olib borayotgan ishchi-xizmatchilar mehnati e’tirof etildi.
✍️Kengash yig‘ilishida 2026-yil fevral oyi mobaynida ta’lim sifati, o‘quv-uslubiy faoliyat, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ilmiy-tadqiqot va innovatsion, talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash hamda Korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan aniq rejalar belgilab olindi.