Yurtimizda ekotizimlarni asrash, yashil hududlarni kengaytirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirishga qaratilgan Yashil makon umummilliy loyihasi izchil amalga oshirilmoqda.
🌳 26-fevral kuni universitet jamoasi tomonidan mazkur loyihaning bahorgi mavsumiga tantanali start berildi. Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, ishchi-xizmatchilar hamda talabalar faol ishtirok etib, oliygoh hududida mahalliy iqlim sharoitiga mos 100 tupga yaqin manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
🌿 Ushbu ezgu tashabbus ekologik madaniyatni yuksaltirish, yashil hududlar maydonini kengaytirish hamda atrof-muhitni asrashga munosib hissa qo‘shishga xizmat qiladi.
✔️Yashil makon — musaffo havo, sog‘lom turmush va barqaror kelajak demakdir!