O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan professional sport klublari o‘rtasidagi “Pro-Tur” musobaqalari sportchilar va klublar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib, ularni rivojlanishning mutlaqo yangi bosqichiga olib chiqmoqda.
👦Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Tennis, badminton, stol tennis nazariyasi va uslubiyati kafedrasi katta o`qituvchisi Iqbol Ne'matullayev hamda Stol tennis ixtisosligida tahsil olayotgan talabalar ishtirokchi hamda hakam sifatida ishtirok etib o'z hakamlik mahoratlarini oshirdilar.
✔️Stol tennis federatsiyasi bilan birgalikda olib borilayotgan bunday hamkorlik aloqalari talabalarimizning kelgusida faoliyatlarida muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.