🇺🇿Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufidagi International Inclusive Hub xalqaro tayanch inklyuziv professional taʼlim markazida Toshkent viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari va prorektorlari uchun seminar tashkil etildi.
👨💻Seminar davomida taʼlim markazining asosiy maqsad va vazifalari, amalga oshirilayotgan taʼlim dasturlari va loyihalar, shuningdek xalqaro hamkorlik yoʻnalishlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Shu bilan birga, markazda faoliyat yuritayotgan oʻquv kurslari hamda toʻgaraklar ishtirokchilarga tanishtirildi.
📑Mazkur seminarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori E. Raxmanov hamda Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi mudiri Sh.G‘ofurov faol ishtirok etdilar.
✔️Seminar yakunida taʼlim markazi va oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish, inklyuziv taʼlimni qoʻllab-quvvatlash hamda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar belgilab olindi.