✅O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 13-yanvar sanasidan boshlab oliygohning barcha ixtisoslik kafedralari 4-bosqich talabalari uchun bo‘lib o‘tgan bitiruv oldi amaliyot jarayonlarining yakunlari bo‘yicha hisobotlar eshitildi.
✔️Shuni alohida ta'kidlash joizki, bitiruvchi kurs talabalari o‘z hisobotlarida amaliyot davomida turli sport tashkilotlari va musobaqa jarayonlarida amalga oshirgan ishlarini batafsil yoritdilar. O‘z navbatida hayʼat aʼzolari tomonidan berilgan savollarga ham faollik bilan javob qaytardilar.