Bugun universitetimizda talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash hamda kuchli va iqtidorli sportchilarni saralash maqsadida 🎾🏸🏓 Tennis, badminton va stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan sportning badminton turi bo‘yicha REKTOR KUBOGI musobaqasi tashkil etildi.
⚡️Musobaqada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari bilan bir qatorda Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan boshqa oliy ta’lim muassasalari, jumladan CHDPU, TPI, M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti Chirchiq filiali talabalari ham faol ishtirok etdilar.
🔺Yuqori saviyada, ko‘tarinki kayfiyatda va qizg‘in bahslarga boy tarzda o‘tgan musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar quyidagicha aniqlandi:
➡️Yigitlar o‘rtasida:
🥇 Baxramov Yaxshimurod
🥈 Tursunboyev Mirzohid
🥉 Ozodov Og‘abek
➡️Qizlar o‘rtasida:
🥇 Sultonqulova Muslimabonu
🥈 Yo‘ldosheva Xurshida
🥉 Abduqodirova Surayyo
✔️Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor talabalar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
📑Mazkur musobaqa kelgusida o‘tkaziladigan yirik sport musobaqalari uchun yangi, kuchli va iqtidorli sportchilarni aniqlash va kashf etishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.