🌎Universitet rektorining 2025-yil
12-dekabrdagi "Universitet talabalarining qishki ta’tilini tashkil etish hamda ta’til davrini mazmunli o‘tkazish to‘g‘risida"
529-I/CH-son buyrug'iga asosan universitet va uning Nukus filiali professor-oʻqituvchilari uchun oʻquv dasturlarini TOP-300 oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlari asosida maqbullashtirish boʻyicha oʻquv seminarlari tashkil etildi.
➡️Oʻquv seminarlarida TOP–300 reytingiga kiruvchi yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlari, o‘quv rejalari va sillabuslari tuzilmasini o‘rganish, ta’lim dasturlarini mehnat bozori talablari, ish beruvchilar ehtiyojlari va kasbiy standartlar bilan integratsiyalash hamda oʻquv jarayonini raqamlashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.