✅O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Manchester Siti klubi himoyachisi Abduqodir Xusanov Goalpost talqiniga ko‘ra Osiyoning 2025-yilgi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.
🔺Ta’kidlash joizki, 2024–2025-yillar Abduqodir Xusanov faoliyatida muhim yutuqlar bilan yodda qoldi. Jumladan, u joriy yilning yanvar oyida Manchester Siti safiga qo‘shilib, Angliya Premyer-ligasida to‘p surgan ilk o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi. Iyun oyida esa milliy terma jamoamiz bilan birgalikda tarixiy natijaga erishib, Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
📌21 yoshli markaziy himoyachi Goalpost tomonidan o‘tkazilgan ovoz berishda Osiyoning ko‘plab iqtidorli yosh futbolchilarini ortda qoldirdi. Nomzodlar orasida Abbos Fayzullayev (O‘zbekiston, Istanbul Bashakshehir), Nestori Irankunda (Avstraliya, Uotford), Marselino Ferdinand (Indoneziya, Oksford Yunayted), Li Han Bom (Koreya, Midtyulland), Ali Jasim (Iroq, Komo / Al-Najma), Yan Min Hyok (Koreya, Tottenhem / Portsmut), Kim Min Su (Koreya, Andorra), Yens Kastrop (Koreya, Borussiya M), Kota Takai (Yaponiya, Tottenhem), Aleksander Badolato (Avstraliya, Nyukasl Yunayted Jets) hamda Dzyoeru Tima Fudzita (Yaponiya, Sankt-Pauli) kabi futbolchilar bor edi.
✔️Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Abduqodir Xusanov “shaharliklar” safida 10 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, barqaror va ishonchli o‘yin namoyish etmoqda.