2025-yil 1–11-dekabr kunlari Tailandning Nakxonratchasima shahrida para velosportning shosse va trek yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda 11 ta davlatdan kelgan sportchilar qatnashib, bellashuvlar yuqori raqobat va sport ruhida o‘tdi.
⚡️Ahamiyatli jihati shundaki, mazkur musobaqada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o‘qituvchilari ham faol ishtirok etdilar.
➡️Dilmurod Siddiqov — O‘zbekiston delegatsiyasi bosh murabbiyi sifatida qatnashdi.
✔️Azimbek Abdullayev — sportchi sifatida ishtirok etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.
➡️Umuman olganda, O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasidan 13 nafar para velosportchi ishtirok etdi va musobaqada quyidagi natijalarni qayd etdi:
🥇 4 ta oltin
🥈 14 ta kumush
🥉 7 ta bronza
💠Mazkur yutuqlar mamlakatimizda para sport turlariga ko‘rsatilayotgan e’tibor va sportchilar hamda murabbiylarning mehnatsevarligi natijasidir.