11-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan e’lon qilingan “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusidagi tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Taqdirlash marosimida Yoshlar masalalari va madaniy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Sh.Mirzanov, Rektorning talabalar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga maʼsul bo‘lgan maslahatchisi G‘.Yovqachdiyev, Korrupsiyaga qarshi kurash bo'limi boshlig‘i Z.Xolmirzayev ishtirok etib, tanlov g‘oliblarini tabrikladilar.
➡️“Eng yaxshi insholar” yo‘nalishi g‘oliblari
🥇-o‘rin:
— Muxtarov Muhriddin Berkish o‘g‘li, Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi, 1-bosqich, JM 53-25 guruh talabasi
🥈-o‘rin:
— Abdullaeva Sevara Ulug‘bekovna, Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi, 4-bosqich (sirtqi), STR 51-22 guruh talabasi
🥉-o‘rin:
— Raxmatullaeva Durdon Fazliddin qizi, Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi, 1-bosqich (magistratura), MAD 51-25 guruh talabasi
➡️“Eng yaxshi rasmlar” yo‘nalishi g‘oliblari
🥇-o‘rin:
— Ravshanova Nafisa Bahodirjon qizi, Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi, 2-bosqich, BK 51-24 guruh talabasi
🥈-o‘rin:
— Abduqodirova Surayyo Kamoliddin qizi, Tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasi, 3-bosqich, BD 51-23 guruh talabasi
🥉-o‘rin:
— Norboev Shoxruxbek Foziljon o‘g‘li, Taekvondo va qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi, 1-bosqich, TF 51-25 guruh talabasi
➡️“Eng yaxshi videoroliklar” yo‘nalishi g‘oliblari
🥇-o‘rin:
— Tangirberdiev Jaloliddin Baxodir o‘g‘li, Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi, 3-bosqich, MN 02-23 (ingliz tili guruhi) talabasi
🥈-o‘rin:
— O‘tkirov Kamronbek Bobur o‘g‘li, Sport kurashlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi, 3-bosqich, YK 51-23 guruh talabasi
🥉-o‘rin:
— Muxammadov Azizxon Alisher o‘g‘li, Eshkak eshish sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi, 1-bosqich, AEE 51-25 guruh talabasi
➡️“Eng yaxshi infografikalar” yo‘nalishi g‘oliblari
🥇-o‘rin:
— Sirliboev Ikromjon Ilxom o‘g‘li, Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi, 2-bosqich, TR 51-24 guruh talabasi
🥈-o‘rin:
— Jo‘raev Shoxjaxon Xusan o‘g‘li, Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi, 1-bosqich, TR 51-25 guruh talabasi
🥉-o‘rin:
— Saidov Suxrob Rustamovich, Tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasi, 1-bosqich, TN 01-25 guruh talabasi
G‘olib va sovrindor talabalar universitet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.
Mazkur tanlov yoshlar orasida korrupsiyaning salbiy oqibatlarini anglash, halollik tamoyillariga sodiqlikni mustahkamlash hamda korrupsiyaga qarshi madaniyatni yuksaltirishga xizmat qildi.