O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Sport psixologiyasi va pedagogika kafedrasi dotsenti Jumanov Elbek hamda ushbu kafedraning 4-kurs talabasi Yusupov Sarvar xalqaro shaxmat federatsiyasi — FIDE tomonidan beriladigan nufuzli FIDE Arbiter (Xalqaro hakam) unvoniga ega bo‘ldilar.
🏆Mazkur yutuq universitetimiz professor-o‘qituvchilarining yuqori kasbiy saviyasi, ilmiy-pedagogik faoliyatdagi fidoyiligi, shuningdek, shaxmat sportini rivojlantirish va tashkilotchilik yo‘nalishida olib borayotgan izchil mehnati natijasidir. Talabaning ushbu marraga erishgani esa yoshlarning ilmiy-amaliy hamda sport salohiyatini yuksaltirish borasida universitetda yaratilgan imkoniyat va qo‘llab-quvvatlash tizimining amaliy samarasini ko‘rsatadi.