Joriy yilning 10-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasida ta’lim olayotgan talabalar o‘rtasida pauerlifting, stol tennisi va paravoleybol yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan sport musobaqalari yakuniga yetdi hamda g‘olib va sovrindor talabalar tantanali ravishda taqdirlandi.
🌎Mazkur musobaqalar 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tashkil etilib, talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish va imkoniyati cheklangan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.