Joriy yilning 19–23 noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi Jahon kubogi musobaqasi muvaffaqiyatli tashkil etildi.
🗣️Musobaqada 30 ga yaqin davlat vakillari ishtirok etib, terma jamoamiz bosh murabbiyi Shavkat Mirzaqulov qo‘l ostidagi polvonlarimiz kuchli raqobat sharoitida jahonning yetakchi kurashchilari bilan o‘zaro bellashdilar.
O‘zbekiston terma jamoasi mazkur xalqaro bahslarda munosib ishtirok etib, umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi.
➡️Bu natija — terma jamoaning yuqori professional tayyorgarlik darajasi, murabbiylik shtabi va sportchilar mehnatining amaliy tasdig‘i hisoblanadi. Jamoa tarkibida turli vazn toifalarida qatnashgan sportchilar individual bahslarda ham kuchli kurash ko‘rsatib, mamlakatimiz bayrog‘ini munosib himoya qildilar.
✔️ Musobaqada Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori Sh. Mirzaqulov va O'zbekiston belbog'li kurash federatsiyasi raisi, katta o‘qituvchi R. Dastirov murabbiy sifatida faol ishtirok etib, sportchilarning tayyorgarligi va taktik jihatdan yuksak natija ko‘rsatishiga munosib hissa qo‘shdilar.
➡️Turnirdagi ushbu muvaffaqiyat O‘zbekiston belbog‘li kurash maktabining xalqaro maydondagi salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.