Оlimpiya shaharchasida "Prezident Olimpiadasi" sport musobaqalari doirasida barcha yosh toifalari o‘rtasida sinxron suzish sport turi bo‘yicha O’zbekiston kubogi boʻlib oʻtmoqda. Musobaqa davlatimiz madhiyasi bilan boshlandi.
🔺 Tantanali ochilish marosimida Sport vaziri o’rinbosari Murad Ismailov hamda mutasaddi rahbarlar ishtirok etishdi.
➡️Musobaqada respublikamizning ko’plab viloyatlaridan kelgan jamoalar o’zaro kuch sinashishmoqda.
➡️ Musobaqada O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti "Suv sporti turlari nazariyasi va uslubiyati" kafedrasida tahsil oluvchi talaba-qizlar ham ishtirok etmoqda.
✅ O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti "Suv sporti turlari nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi ayol professor-o'qituvchilari musobaqa hakamlari sifatida faol ishtirok etmoqda.