Ushbu xalqaro konferensiyada
💠O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i D. Ismailova ham ishtirok etmoqda.
✅Tadbir Turkiya Respublikasidan tashrif buyurgan rasmiy delegatsiya, soha mutaxassislari hamda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida tashkil etildi.
🗣Anjumanning asosiy maqsadi — ikki davlatda oilani mustahkamlash, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy barqarorlikni ta’minlash, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan davlat siyosati va amaliy tajribalarni muhokama qilishdan iborat.
🗣Konferensiya davomida oilaviy qadriyatlarni rivojlantirish, gender tenglikni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar bandligini kengaytirish, yosh avlod tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashilmoqda.