O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Taekwando, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabasi 74 kg vaznli tajribali taekvondochimiz Najmiddin Qosimxojiyev VI Islom birdamligi o'yinlari sovrindori bo'ldi.
📑Sportchimiz musobaqa finalida iordaniyalik taniqli va tajribali Zaid Abdulkarim bilan bahs olib bordi va imkoniyatni boy berib qo'ydi. Shunday bo'lsa-da, Najmiddin O'zbekiston hisobiga qimmatli kumush medalni taqdim etdi.
🎉Universitetimiz nomidan talabamizni erishgan yutuqlari bilan qutlaymiz.