✅Milliy libos – millat qiyofasi va sportdagi uyg‘unlik timsoli
🔴Milliy libos — bu xalqning o‘ziga xosligini, estetik qarashlarini va qadriyatlarini ifoda etuvchi boy madaniy merosdir. Atlas va adras matolarining betakror naqshlari va yorqin ranglari xalqimiz ruhiyatini, go‘zallik va uyg‘unlikka intilishini ifodalaydi.
👦 2025-yil 30-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Milliy liboslar kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. 
🌎Tadbirda universitet kafedralari tamonidan talaba-qizlar va professor-o‘qituvchilar milliy liboslarda ishtirok etib, o‘zbekona kiyinish madaniyatini sport va jismoniy tarbiya bilan uyg‘un holda namoyon etdilar.
🟡 Milliy libos — bu nafaqat tashqi go‘zallik, balki sog‘lom hayot tarzini tanlagan, o‘z milliy qadriyatlariga sodiq avlod tarbiyasining yorqin ifodasidir.