Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat suvereniteti, jamiyatda tinchlik va totuvlik tamoyillariga rioya etish, hayotimizning barcha jabhalarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishning kafolatidir.
🏆Bugun, 4-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi hamda 10-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tantanali bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda nishonlandi.
🗣Tadbir universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sherzod Mirzanov tomonidan ochib berildi. Shundan so‘ng Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan konstitutsiyaning jamiyat va insonlar hayotida tutgan o‘rni, undagi normalar va moddalarning ahamiyati, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati hamda davlat ramzlaridan biri madhiya haqida keng tushunchalar berildi.
📱Shuningdek, bayram tadbirining badiiy qismidan joy olgan iqtidorli talabalar ishtirokidagi sahna chiqishlari, sho‘x kuy-qo‘shiq va raqslar yig‘ilganlarning diqqat markazida bo‘ldi.