Joriy yilning  25-31 oktyabr kunlari Qozog‘istonning Aktau shahrida  o‘tkazilgan bochcha sport turi bo‘yicha turkiy davlatlar o‘rtasidagi xalqaro musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoa a’zolari tarkibida universitetning Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi katta o‘qituvchisi Mirzonabi Tashev murabbiyligida ostida talabalardan Bibiniso Raxmonova, Xusan Rasulov, Nizomiddin Xayriddinov, Akobir Shamsuddinov ishtirok etdilar.
🏆Biz uchun ahamiyatli tomoni universitetimiz talabasi Nizomiddin Xayriddinov ushbu musobaqada munosib ishtirok etib yakunda kumush medalga ega chiqdi.
✅Talabamizni erishgan yutug‘i bilan universitet jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz.