📶O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, har tomonlama yangi iqtidor egalarini kashf etish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida talaba-yoshlar uchun "Student's party" nomli shou konsert dasturi bo'lib o'tdi.
🌎Tadbirda iqtidorli talabalarning “QVZ” chiqishlari, jonli ijrodagi qo'shiqlar va boshqa ko'plab qiziqarli sahna ko'rinishlari yig'ilganlarga bir olam quvonch va shodlik ulashdi.
🔅Bunday qiziqarli va ko'ngilochar tadbirlarni tashkil etish orqali talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidorlarini ro'yobga chiqarish, jamoaviy ruh va birdamligini shakllantirish kabi ezgu maqsadlar ko'zlangan.