📣Gimnastika hamma uchun!
🟢Barcha universitet talaba-yoshlari diqqatiga!
🔴Sizlarni 2025-yil 1-noyabr kuni soat 11:00 da Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan tashkil qilinayotgan "Gimnastika hamma uchun" shiori ostidagi (gimnastrada) Rektor kubogi ochiq turniriga taklif etamiz.
🗣Ushbu musobaqada nafaqat universitetimiz, balki respublikamizdagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalari ishtirok etishlari mumkin.
📝Sport jamoalari uchun eslatmalar: musobaqada qatnashmoqchi boʻlgan talabgorlar oʻz talabnomalarini 25-oktyabr kuni soat 15:00 ga qadar Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasiga topshirishlari lozim.
📍Musobaqa oʻtkaziladigan joy: OʻzDJTSU Gimnastika zali.
📞Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun telefon: +99897 781-07-60.
💠Barcha gimnastika ixlosmandlarini Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kutib qolamiz!