🗣9–11-oktabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan "Chegarasiz g'oyalar" shiori ostida "InnoWeek.Uz-2025" Xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligida Universitetning "Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi" o'qituvchilari hamda talabalari faol ishtirok etishmoqda.
✍️Ma'lumot o‘rnida: Global innovatsiya indeksining 2025-yilgi reytingida O‘zbekiston 139 ta mamlakat orasida 79 o‘rinni egalladi.
✔️Haftalik doirasida “Global innovatsiya indeksi 2025: Milliy taqdimot” mavzusida oʻtkazilgan konferensiyada mamlakatimiz erishgan natijalar tahlil qilinib, reytingning tarkibiy indikatorlari O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bilan uzviy bog‘liqligi, ushbu indikatorlar bahosini yaxshilashning boshqa xalqaro reytinglarga ko‘rsatadigan ijobiy taʼsiri hamda mamlakatimizni 2030-yilga kelib Top-50 ta davlatlar qatoriga kirishini taʼminlash bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi.