⏰7–12 oktabr kunlari Kikboksing bo’yicha Jahon Kubogi musobaqasi bo’lib o’tdi.
📑7–12 oktabr kunlari Toshkent shahridagi Gimnastika sport majmuasida O‘zbekiston mezbonligida ikkinchi bor o‘tkazilgan Kikboksing bo’yicha Jahon Kubogi musobaqasida 50 dan ortiq davlatlardan tashrif buyurgan 3 mingdan ziyod sportchilar o’rtasida g’oliblik uchun shiddatli va murosasiz janglar bo’lib o’tdi.
Mazkur nufuzli turnir O‘zbekiston Kikboksing Assotsiatsiyasi va Butunjahon Kikboksing Federatsiyasi (WAKO) hamkorligida tashkil etilib, musobaqada turli vazn toifalari va yo‘nalishlarda (tatami va ring bo‘yicha) eng kuchli sportchilar ishtirok etishdi.
O‘zbekiston terma jamoasi ham ushbu Jahon Kubogida katta tarkib bilan ishtirok etib, yurtimiz sha’nini munosib himoya qildilar.
🏆Universitet uchun ahamiyatli tomoni esa ushbu yo’nalishda tahsil olayotgan talabalar musobaqa ishtirokchisi bo’lishi bilan birgalikda hakamlikda ham faol ishtirok etdilar.
Musobaqa bosh hakami sifatida talabamiz Temur Muhammadjonov o'yinlarni nazorat qilib borgan bo'lsa, hakam sifatida Laziz Ahmedov, Mustafo Qulmatov, Diyora Mamarayimova, Shamsutdinova Rayxona kabi talablarimiz o'zlarini namoyon etdilar.
✅Musobaqada ishtirok etgan talabalarimizdan 12 nafari g'olib va sovrindorlar qatoridan joy egallashdi.
🥇Xasanboyev Samandar
🥇Qudratova Sohiba KB 51-25.. 1-o'rin
🥈Atxamov Jaxongir KB 51-25... 2-o'rin.
🥉Mamarayimova Diyora
🥉Niyozov Ismoil
🥉Xojiyev Jaloliddin
🥉Allaberdiyeva Rayxona
🥉Nazarova Durdona
🥉Jalolova Rayxona
🥉Qoʻchqorova Diyora
🥉Xudoyberdiyev Sardor
🥉Yo'ldashev Javlon
➡️Mazkur Jahon Kubogi nafaqat sportchilar o‘rtasida tajriba almashinuvi va xalqaro hamkorlikka xizmat qilgani bilan, balki noyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tadigan Kattalar o‘rtasidagi Jahon Kubogi oldidan tayyorgarlik bosqichi hisoblangani bilan ahamiyatli bo’ldi.