✔️ O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi ushbu sana munosabati bilan universitetimizning talaba qizlarini samimiy muborakbod etadi.
➡️ Aziz qizlar!
Sizlar — Yangi O‘zbekistonning faxri, kelajagimizning yorqin umidi va ma’naviyat ko‘zgusisizlar. Sizlarning bilimga chanqoqligingiz, qat’iy iroda va ezgu orzular sari intilishingiz yurtimiz taraqqiyotiga kuch bag‘ishlaydi.
🟡 Aziz, oqila va orzuga to‘la talaba qizlarimiz!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Har bir qadamingiz omadli, hayot yo‘lingiz nurli va toleingiz baland bo‘lsin!
💠 Hurmat bilan,
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi