➡️Kafedralar kesimidagi taqdimotlar davom etmoqda...
📶Xabar berganimizdek, ayni kunlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning tegishli bo‘lim rahbarlari ishtirokida kafedralarining “Universitetni 2025-2026-o‘quv yilida rivojlantirishning MAQSADLI KO‘RSATKICHLARI” bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimotlari bo'lib o'tmoqda.
✅Navbatdagi taqdimot Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mas’ullari tomonidan o‘tkazildi.
⏺Taqdimotlar davomida kafedra mas'ullarining o‘quv-uslubiy, ilmiy, xorijiy va talabalar bilan ishlash yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha hisobotlari tinglanib, kelgusidagi maqsadli ko‘rsatkichlar belgilab olinmoqda.