➡️Joriy yilning 25-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitertida "Gandbol, regbi, chim ustida xokkey nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi tomonidan “Jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va aholining jismoniy faolligini oshirishda ommaviy sport turlarini o‘rni: muammolar va istiqbollar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
🔴Mazkur anjumanda quyidagi yo'nalishlarda ma'ruzalar tinglandi.
🔴Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va ommaviylashtirishning dolzarb muammolari;
✅Sportchilarni tayyorlashning zamonaviy ilmiy-uslubiy va tibbiy-biologik ta’minlash tizimini takomillashtirish masalalari;
📶Sportchilarni tayyorlashda zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanish istiqbollari;
✔️ Sportchilarni tayyorlashda o’quv-mashg’ulotlarni tashkil etishning ilmiy nazariy muammolari.
💠Anjumandan ko’zlangan asosiy maqsad jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va aholining jismoniy faolligini oshirishda ommaviy sport turlarining o‘rni va ahamiyatini ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash, ularni hal etish bo‘yicha innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish hamda ushbu yo‘nalishda milliy va xalqaro tajribalarni o‘rganib, istiqbolli taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.