Joriy yilning 13-21 sentabr kunlari sport kurashlari (yunon-rum, erkin va ayollar kurashi) boʻyicha Zagreb shahrida (Xovatiya)joylashgan “Zagreb Arena”da kattalar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtdi.
Mazkur jahon chempionatida dunyoning 69 ta mamlakatidan 771 nafar sportchilar 30 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib borishdi. Ushbu jahon chempionatida Oʻzbekiston milliy terma jamoa aʼzolari jami 19 nafar (5 nafari erkin kurash, 8 nafari yunon-rum kurashi, 6 nafari ayollar kurashi) 19 ta vazn toifasida ishtirok etishdi.
Jahon chempionati yakuniga koʻra sportchilarimiz umumiy hisobda jami 5 ta medal (1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza) qoʻlga kiritishdi.
Bugun Toshkent xalqaro aeroportida sportchilar tantanali kutib olindi.
Tadbirda Sport vaziri oʻrinbosari Shaxrillo Maxmudov, sport kurashlari federatsiyasi rahbariyati, OAV vakillari hamda sportchilarning yaqinlari ishtirok etdi.