🔴Barchamizga ma’lumki joriy yilning 15-23 sentyabr kunlari Toshkent shahri Badminton bo’yicha Markaziy Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
🟡Ayni kunlarda mazkur musobaqada O’zbekiston Badminton Federatsiyasi bilan sportda dual ta’limni rivojlantirish, samarali va sifatli tashkil etish maqsadida imzolangan memorandumga asosan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasining 20 nafardan ortiq badminton ixtisosligi talabalari yordamchi hakamlar shtabida yon hakam vazifasida faoliyat yuritib o’z tajribalarini oshirib borishmoqda.
⏺Ushbu nufuzli xalqaro musobaqaning hakamlik jarayonlarida talabalarimizning shaxsan ishtirok etishlari universitetda o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarini amalda qo’llash uchun ayni muddao bo’lmoqda.