🔺Bugun, 26-avgust kuni universitet Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
⏺Universitet Kengash a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish avvalida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hay’ati qarorlari va buyruqlari, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi qaror va buyruqlari mazmun-mohiyati va ularning ijrosi, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarining borishi;
✅2025-2026-o‘quv yili davomida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi, Odob-axloq kodeksi, Birinchi kurs maktabi uslubiy qo‘llanmasi, Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi, Universitet Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti va Talabalar turar joyi va sport inshootlarini boshqarish direksiyasining 2025-2026-o‘quv yiliga mo‘ljallangan ish rejalarini tasdiqlash;
🔘2025-2026 o‘quv yilida universitet o‘quv jarayonini tashkil etish, kafedralar bo‘yicha o‘quv yuklamalari hajmi va dars soatlarini tasdiqlash;
🟣2025-2026-o‘quv yilida universitet talabalar turar joyidan foydalanish uchun to‘lovlarni belgilash;
🟡1 kursga qabul qilinganlar hamda yuqori kurs talabalarini TTJga joylashtirilishi va kun tartibidagi boshqa muhim masalalar muhokama qilinib, ushbu yo‘nalishdagi ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.