✅Joriy yilning 6 sentyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi, universitet Sport klubi, Xalqaro kurash instituti hamkorligida 6 sentyabr - Kurash milliy sport kuni munosabati bilan universitet ochiq birinchiligi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Universitet kurash zalida o‘tgan mazkur ochiq birinchilikda dastlab bellashuvlarning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Marosimda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov, O‘zDJSTU birinchi prorektori Sherzod Mirzanov, Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri Nuriddin Chorshamiyev va boshqalar ishtirok etib, sportchilarga omad tiladi.
🔺Murosasiz tarzda o‘tgan bellashuvlarda quyidagi talaba-sportchilar g'olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
66 kg vazn toifasida
🥇 Ergashev Fayoz O'zDJTSU talabasi
🥈Karimov Islombek O'zDJTSU talabasi
🥉Narzullayev Firdavs O'zDJTSU talabasi
🥉Nizomiddinov Zayniddin O'zMU talabasi
73kg vazn toifasida
🥇Jumabayev Ibrat O'zDJTSU talabasi
🥈Normurodov Elnur O'zDJTSU talabasi 🥉Yoqubov Davlatbek O'zDJTSU talabasi 🥉Baxtiyorov Doniyor O'zDJTSU talabasi
81 kg vazn toifasida
🥇Melimamatov Xumoyun O'zDJTSU talabasi
🥈Abdugafforov Samandar O'zDJTSU talabasi
🥉Normurodov Otabek O'zDJTSU talabasi 🥉Kenjayev Temur O'zDJTSU talabasi
+81 kg vazn toifasida
🥇Abdurazzoqov Abubakir O'zDJTSU talabasi
🥈Sadullayev Muhammad O'zMU talabasi
🥉Nurmatov Murot O'zDJTSU talabasi
🥉Shomurodov Shoxruz O'zMU talabasi
🗣Bugun 6 sentyabr – kurash milliy sporti kuni joylarda tantanali nishonlanmoqda. Quvonch bilan ta’kidlash joiz, milliy kurashimiz dunyo bo‘ylab keng quloch yozmoqda. Bugun o‘zbek kurashi dunyoning 130 dan ortiq mamlakatida o‘z o‘rnini topgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 oktyabridagi qaroriga ko‘ra 6 sentyabr - kurash milliy sporti kuni deb belgilangan. Shu bois, har yili ushbu sanani munosib tarzda o‘tkazish uchun universitetimizda tadbir tashkil etilib, musobaqa o‘tkazish an’anaga aylangan. Xalqimizning ko‘p ming yillik qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan kurashni yoshlar o‘rtasida yanada targ‘ib qilish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni sog‘lom va barkamol voyaga yetkazish, qolaversa, milliy sport turlarimiz bo‘yicha munosib kadrlar tayyorlash ham asosiy maqsadlarimizdan sanaladi.